Sirdaryo gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi
O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatida joylashgan quvvati 240 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyamiz 2022-yil noyabr oyida tijoriy foydalanishga topshirildi. 70 ming kvadrat metr maydonda qurilgan ushbu inshoot qurilish bosqichida 700 kishini ish bilan ta’minlagan bo‘lsa, ayni paytda 100 nafar ishchi-xodim ish bilan ta’minlangan bo‘lib, ularning aksariyati O‘zbekiston fuqarolaridir. “Sirdaryo” elektr stansiyasi nafaqat mahalliy iqtisodiyot va mintaqaviy energetika sohasini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda, balki tezda to‘liq yuklanish quvvatiga chiqish qobiliyati va texnik xizmat ko‘rsatishni tez va oson amalga oshirish imkonini beruvchi modulli tuzilishi tufayli yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi. Elektr stansiyasining poydevorini qo‘yish marosimi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ishtirokida bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, stansiya qurilishi boshlanganidan atigi sakkiz oy o‘tgach ishga tushirildi va tijorat savdosiga chiqarildi.


